"Marsel" safida 30-golini urgan Meyson Grinvud klub tarixiga kirdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
Fransiya chempionati 13-turi doirasida "Marsel" safarda "Nicca" bilan bahslashdi.

Har jabhada ustunligini ko'rsata olgan mehmonlar yirik hisobda (5:1) zafar quchdi. 

Jamoa safida Meyson Grinvud ajralib turdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ikkita gol urgan Grinvud klub libosidagi to'plari sonini 30 taga etkazib oldi. Bu natija erishish uchun Meyson "Marsel" tarixida uchinchi eng kam vaqt sarfladi. Faqatgina ikki futbolchi shvetsiyalik Gunnar Andersson (34 o'yin) hamda yugoslaviyalik Yosip Skoblar (38) angliyalikdan tezroq bu ko'rsatkichga eta olishgan. 

Fransiya chempionati keyingi turida "Marsel" o'z uyida janubdagi qo'shni "Tuluza"ni mehmon qiladi. Mazkur bellashuv noyabr oyining so'nggi kunida bo'lib o'tishi reja qilingan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ole.com.ar