"Marsel" va "Vest Xem" avvalgidek Payet transferi borasida kelisha olishmayapti

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2017
"Marsel" va "Vest Xem" avvalgidek "bolg'aurarlar" yarim himoyachisi Dmitri Payet transferi borasida kelisha olishmayapti.

Muzokaralarda o'zgarishlar yo'q. Ingliz klubi Payet uchun 30 mln. funt so'rayapti, fransiyaliklar esa 25 mln. funtdan ko'p to'lamoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuv amalga oshishi mumkin, ammo ayni damda tomonlar bir to'xtamga kelisha olishmayapti.

Payet bu haftada "Vest Xem"ning 23 yoshgacha bo'lganlar tarkibi bilan shug'ullandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports