Marselo Belsa: "O'zbekiston bilan o'yin jiddiyroq bo'ladi"

Mirjalol Normatov
10 okt 2025
Dominikan Respublikasiga qarshi (1:0) o'yindan keyin Marselo Belsa matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazdim. O'yindan qoniqmadim, chunki o'z imkoniyatimizdan past harakat qildik. O'zbekiston bilan bunday qilib bo'lmaydi. Ular JCHda ishtirok etadilar, demak jiddiy qarashimiz kerak. Qolaversa yaqinda murabbiylari o'zgardi. 

- O'zbekiston terma jamoasining o'yinini ko'rdingizmi? Keyingi o'yinda tarkib qanday bo'ladi? 

- Bahsni ko'rmadim, endi bu o'yinga tayyorlanamiz. Tarkib esa bir kun avval hal bo'ladi.

O'zbekiston - Urugvay o'rtoqlik o'yini 13 oktyabr kuni o'tkaziladi. Bahs bizning vaqt bilan 17:45da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia