Martines: "Azar albatta "Oltin to'p" uchun kurashadi"

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2021
Belgiya termasi ustozi Roberto Martines "Real" xavbeki Eden Azar haqida fikr bildirdi.

– Azar kelajakda "Oltin to'p" uchun kurasha oladimi?

– Shubhasiz, Fransiyaga qarshi o'yinning birinchi yarmida (Millatlar Ligasi yarim finali) u ko'rsatgan o'yin, menga o'zgacha ishonch bag'ishlamoqda.

Chindan, uning hozirgi holati ideal emas. U bilan Ispaniyada yuz berayotgan ishlar butkul kutilmagan. U eng yaxshi formasiga kirib olishi uchun juda ko'p o'ynashi kerak bo'lgan sportchilardan. Tibbiy tomondan unda muammolar yo'q edi. 

Agar u Fransiyaga qarshi dastlabki 45 daqiqada ko'rsatgan o'yinini muntazam ravishda namoyish qilsa, u muvaffaqiyat keltirishi aniq, – dedi Martines.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru