Martines "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshladi

Alisher Ostonov
15 iyun 2025
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Qizil iblislar" 32 yoshli posbonni Andre Onanning o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Martines 2024/25 yilgi mavsum "Aston Villa" safida barcha musobaqalarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 61 ta to'p o'tkazib yubordi va 16 ta "quruq" o'yin o'tkazdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Martines 2022 yilgi jahon chempioni, shuningdek ikki karra Lev Yashin kubogi sohibi (2023, 2024) hisoblanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN