"Mashal": Aleksandr Xomyakov o'z arizasiga ko'ra vazifasidan ozod qilindi

Alisher
10 yanv 2022
Bungacha “Mashal” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov o'z arizasiga binoan ishdan bo'shashni lozim topdi.

"Yordamchi murabbiy Diyor Mirzaboev ham klub bilan do'stona xayrlashdi.

"Mashal" PFK jamoasi klubdagi faoliyati va hamkorlik uchun har ikki mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi.

Klub rahbariyati bosh murabbiy masalasida aniq qarorga kelgach, bu haqda ma'lum qilinadi", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Машьал" матбуот хизмати