

Mourinyu ikkalamiz o'rtamizdagi munosabatlar haqida turli xil uydirmalar o'ylab topilgan. Ularning hammasi yolg'on.
Qachon jamoaga yangi murabbiy kelsa, men faqat o'zimni ko'rsatishim va murabbiy ishonchini qozonish haqida o'ylayman. O'z kuchimga ishonaman va bu narsa ish beradi.
Oila a'zolarim ham shu haqida ko'p so'rashadi. Men ularga hammasi joyidaligini aytaman. Mourinnyu bilan oramizda hech qanday muammo yo'q. O'rtamizda hech narsa ruy bermagan. Men "Manchester Yunayted"ga o'ynash uchun kelganman. Joze bilan esa faqat professional munosabatdamiz. Boshqa hech narsa ruy bergani yo'q. Bu haqida avval ham aytganman.
Eslatib o'tamiz, Xuan Mata "Chelsi"dan kyetishiga aynan Joze Mourinyu sabab bo'lgandi. "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga kelgach bu yerda ham eski qadrdoni Joze bilan duch keldi.



