Mats Xummels: Bavariyani mag'lub etish mumkinligini isbotlay oldik

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2013
Dortmundning Borussiya klubi himoyachisi Mats Xummels Germaniya Superkubogi doirasidagi Bavariya ustidan qozonilgan (4:2) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– Butun Bundesligaga Bavariyani mag'lub etish mumkinligini isbotlash muhimmidi?

– Shunday desa ham bo'ladi. Ushbu mavsumda Bavariya istalgan musobaqada favorit ekani ma'lum. Ammo baribir bu jamoani mag'lub etish mumkinligini isbotlay oldik.

– G'alaba qanday mehnat evaziga qo'lga kiritildi?


– Biz 100 foiz imkoniyatimiz bilan o'ynadik. Aks holda Bavariyani mag'lub etib bo'lmaydi. Raqibga qarshi o'yinda ko'p harakatda bo'lish lozim, – deydi Xummels.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru