Maunt Chempionlar Ligasidagi debyut o'yinida jiddiy jarohat oldi

Alisher
18 sen 2019
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt CHL doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

O'yinning 9-daqiqasida Fransis Koklen to'p uchun kurashish chog'ida Mauntga zarba berib yubordi.

Maunt esa o'yinni davom ettirishga harakat qildi. Ammo, o'yinning 16-daqiqasidagi o'zlarini almashtirishni so'radi va uning o'rniga Pedro tushirildi.

Eslatib o'tamiz, yakunda "Chelsi" o'z maydonida "Valensiya"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.


AlisherMuallif
Manba: football.ua

O'xshash yangiliklar