Mauro Ikardi: “Konte boshchiligidagi "Inter" chempionlik uchun kurasha oladi”

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019
Aslida “Inter”ga tegishli bo'lgan PSJ hujumchisi Mauro Ikardi Parij jamoasidagi o'yinlari haqida gapirib o'tdi va “neradzzurilar”ga omad tilab qoldi.

“Men professional futbolchi sifatida maydonga chiqaman va jamoam shanini himoya qilish uchun bor kuchimni ishga solaman. Joriy mavsumdan e'tiboran Parijdaman, mening maqsadim ushbu klub uchun bor imkoniyatimni ishga solish. 

Mavsum oxirida esa nima bo'lishini bilib olamiz. Biror xulosa chiqarishga hali erta. “Inter”ga o'zi ishtrok etayotgan musobaqalarda omad tilab qolaman. Konte rahbarligi ostida bu yil ular chempionlik uchun kurasha olishadi”, - dedi Ikardi Gazzeta dello Sport nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia