Mauro Silva Vinisius va Rodrigo bilan faxrlanadi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022
Braziliyalik sobiq o'yinchi Mauro Silva Vinisius va Rodrigo "Real Madrid" kabi yirik jamoada muvaffaqiyat qozonganidan faxrlanishini aytdi.

Mauro Silva "Marca" nashriga intervyu berdi va "pentakampionlar"ning Qatardagi Jahon chempionatidagi ishtirokini tahlil qildi. Uning fikricha: 

"Ular juda mustahkam jamoa, Markinos, Danilo va Kazemiro himoyada katta xavfsizlikni taminlab bera oladi. Ular juda ko'p tanlovlardan iborat ajoyib o'yin o'tkazishdi. Ular juda yaxshi boshlashdi va eng muhimi shu. 

Menimcha, Vinisius – juda tezkor o'yinchi. O'ylashimcha, u juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va Risharlisonni golli uzatma bilan taminlagani menga yoqdi".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer