“Maync” Bundesliga rekordini o'rnatdi

“Maync” himoyachisi Daniel Brosinski Bundesliganing 7-turida “Paderborn”ga (2:1) qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu bilan “Maync” jamoasi a'zolari raqiblari darvozasiga belgilangan 25-penaltini   aniq amalga oshirishdi.

Natijada “Maync” ushbu ko'rsatkich borasida Germaniya rekordini o'rnatdi. Bungacha “Boxum” klubi a'zolari qatorasiga 24 ta penaltini aniq amalga oshirishgan edi.

Ayni paytda “Maync” 6 ochko to'plagan holda Bundesliga turnir jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.


Manba: Opta Sports