

"Men g'alaba uchun shu yerdaman. Doim francuz futboli tarixini yozishni xohlashim haqida aytganman. Buni amalga oshirish uchun menda yana bir imkoniyat mavjud.
2017 yilda klubga qo'shilganimdan beri qiyin davrlarni ham boshdan o'tkazdik. Hozir esa finaldamiz. Bu biz taslim bo'lmaganimizni ko'rsatadi.
Bu turnirni francuz jamoasi bilan yutish men uchun haqiqiy mukofot. PSJga o'tayotganimda YCHLda g'alaba qozonishni o'z oldimga vazifa sifatida qo'ygandim", – deydi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli hujumchi 2018 yilgi mundialni Fransiya terma jamoasi bilan yutgan edi.



