Messi Ibicadagi dang'illama uyining bir qismini buzishga majbur

Sherzod Nurmatov
6 sen 2022
PSJ hujumchisi Lionel Messi Ibicada ko'chmas mulk bilan bog'liq muammolarga duch keldi.

"Marca" nashrining yozishicha, 11 million evroga sotib olingan 16 ming kvadrat metrlik dang'illama uyning qurilish licenziyasi bo'lmagan.

Nashrning yozishicha, avvalgi egalari uyni maxsus ruxsatnomasiz kengaytirishga qaror qilgan.

Endi futbolchi zarur licenziyaga ega bo'lmagan ikkita binoni buzishi kerak bo'ladi.

Ayni paytda bu masala bilan futbolchining advokatlari shug'ullanishmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca