Messi Levandovskiga: “Senga “Oltin to'p”ni berishlari shart”

Eldor Akmurzayev
30 noya 2021
PSJ hujumchisi Lionel Messi “Bavariya” a'zosi Robert Levandovski o'tgan yili “Oltin to'p”ga haqli bo'lgani haqida gapirdi.

“Robert Levandovskiga alohida to'xtalmoqchi edim. Sen bilan raqobatlashish katta sharaf. O'tgan yili g'olib bo'lganining hamma biladi.

O'ylashimcha, “France Football” senga 2020 yil uchun “Oltin to'p”ni berishi shart. Bunga loyiqsan. Sovrin uyingda bo'lishi kerak”, deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi marosim koronavirus pandemiyasi tufayli o'tkazilmadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bayern & Germany