Messi MLSning barcha yulduzlari shou uchrashuvida ishtirok etmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyul 2024
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLSning barcha yulduzlari ishtirokidagi shou uchrashuvni jarohat sabab o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda yakuniga etgan Amerika Kubogida Leo jarohat olgandi. Messining jamoadoshi forvard Luis Suares ham tizzasida og'riq his qilmoqda va shu sababli shou uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

Mazkur bellashuv ertaga, chorshanba kuni bo'lib o'tishi reja qilingan. Unda MLS yulduzlari Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilariga qarshi maydonga tushishadi.

Qayd etish lozim, avvalroq Messi "Inter Mayami" safida nechta o'yin o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: espn.com