Messi Ronalduni bag'riga bosib turgan suratni Instagramiga joylashtirdi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2023
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kecha o'tkazilgan o'rtoqlik o'yini oldidan bir-birlari bilan so'rashishgandi.

Futbolchilar "Al Nassr"/"Al Hilol" yulduzlari hamda PSJ o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida bir-birlariga qarshi o'ynashdi. 

O'yin oldidan Ronaldu parijlik futbolchilar oldiga keldi va Messi bilan so'rashib, uni bag'riga bosdi. 

PSJ futbolchisi esa ushbu vaziyat aks etgan suratni Instagramiga joylashtirdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/leomessi