Месси Саудия кийим-кечак брендининг юзига айланди

Оқил Абдубарноев
12 mar 2024
Лионель Месси Саудия Арабистони кийим-кечак брендининг рекламасида суратга тушди.

“Интер Майами” клуби ва Аргентина терма жамоаси ҳужумчиси кийим ва аксессуарлар ишлаб чиқарувчи “Sayyar” брендининг юзига айланди.

Бугун бренднинг Twitter аккаунтида Мессининг анъанавий араб эркаклар кийимида суратга тушгани акс этган видео эълон қилинди.

ВИДЕО


Оқил АбдубарноевМақола муаллифи
Қопқоқ: “Sayyar” брендининг Twitter аккаунти

Изоҳлар

Спартак москва
12 mar 2024
Ассалому алайкум кадри баланд кадрдонлар оллохим биз су́рагандан зиёдасини Мохи Рамазонда берсин.(Маъвзудан четга чиккан бу́лсам узр)
Косонсойчи1991FCRM_04
12 mar 2024
Араблар нотогри йолдан боришмокда урнига Салат ё Мане мусулмон блан шартнома кса боларди шахсий фикрим
Jahongir Ergashev
12 mar 2024
Yahudiylar homiysi arab reklamasida. Bu arablardan iymon yo'qoldimi deyman
Sophisticated
12 mar 2024
Messi Saudiya Arabistonida turizm elchisi, mana hozir bu brendning yuzi, Qatarda futbol yuziga aylangandi, qolaversa, Qatardagi g'alabadan keyin unga arablarning faqat qirollari kiyadigan kiyimni kiydirishgan edi. Bundan tashqari Messi Suriyadagi urushlar paytida qaysidir shaharga 4 ta maktab qurdirib bergani, koronavirus davrida esa Ispaniya va Argentinaga katta moddiy yordam ajratgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari Messi rak kasaliga chalingan bolalar ijtimoiy videoroligida homiy sifatida suratga tushgandi (Messining yuziga ikkita chiziq chizishadi kasal bolalar). Barselonada gol urganda golni shu bolalarga atab nishonlagandi dunyoda biz e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan bolalar bor deb. Messi g'ayridin, lekin Messi siyosiy o'yinlarga qo'shilmagan, Isroilni qo'llab quvvatlamagan. Ronaldu esa hech qachon Falastinni qo'llab quvvatlamagan. Messi Isroilni qo'llab-quvvatlaydi degan xabar ham yolg'on, Ronaldu Falastinni qo'llab-quvvatlaydi degan xabar ham yolg'on. Yana eng qizig'i, Ronalduning mehmonxonasi suriyalik qochqinlarga bepul yashash va oziq-ovqat qilib berilibdi deyilgan xabarlar tarqalganda barcha ko'p musulmonlar Ronalduni osmonga olib chiqib qo'yishgandi, oradan 1 kun o'tar-o'tmas Ronalduning mehmonxonasi rasmiy xabarda bu yolg'on deb o'zi tan olib chiqqandi bunaqa yolg'on ma'lumotlarga ishonmang deb.
Fan_BARCA
12 mar 2024
Al hilolga o'tib bir yil soqqa qilsa bo'ladi Messi