Messi va Puyol Barselona mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013
Barselona vakillari Lionel Messi va Karles Puyol kechagi mashg'ulotni o'tkazib yuborishdi.
35 yoshli himoyachi Puyol tizzasidagi jarohatini davolash jarayonida individual tarzda shug'ullandi.

Messi Ispaniya Superkubogi uchun Atletikoga qarshi uchun o'yinda (1:1) sonidan jarohat oldi. U fizioterapiya muolajasini oldi.

Eslatib o'tamiz, jarohat tufayli Messi 2-turdan o'rin olgan Malagaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru