"Milan" APL yulduzini sotib olishi mumkin

Alisher Ostonov
9 noya 2025
"Milan" "Nyukasl" xavbeki Sandro Tonalini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Yarim himoyachi do'stlariga vatanini sog'inayotganini va Italiyaga qaytishga umid qilayotganini aytdi. Tonali 2026 yildayoq Italiya klublaridan biriga o'tishni rejalashtirmoqda. Futbolchi uchun "Milan"ga qaytish ko'proq yoqmoqda.

Sandro Tonali joriy mavsum "Nyukasl" safida 14 ta o'yin o'tkazib, ularda 3 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Corriere della Sera