

Italiyalik insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Milan" futbolchini APLga qo'yib yuborishni istamayapti va u bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Futbolchining "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Milan" shartnomani 2027 yilgacha uzaytirmoqchi. Qayd etilishicha, yarim himoyachiga APL klublari faol qiziqish bildirmoqda, biroq Italiyaning amaldagi chempioni uni sotish niyatida emas. "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Bennaserni jamoaning asosiy futbolchisi deb hisoblaydi.
Transfermarkt Ismaelni 40 million evroga baholagan.



