"Milan" "Napoli" himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 mar 2021
"Milan" "Napoli"ning o'ng qanot himoyachisi Elseid Xyusayni nishonga olmoqda, deb xabar berdi "Football Italia".

Nashrning yozishicha, "rossonerilar" albaniyalikni kelasi yil yozda, u erkin agentga aylangach, sotib olishga tayyor.

27 yoshli Xyusay 2015 yildan buyon "Napoli" sharafini himoya etib kelmoqda. U joriy mavsum 20 ta o'yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia