"Milan" va "Inter" birgalikda yangi stadion qurmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2019
"Milan" va "Inter" 700 mln. evro evaziga yangi stadion qurilishi borasida kelishib olishdi.

Kelishuv tufayli "San-Siro"ni rekonstrukciya qilish g'oyasi boshqa muddatga qoldirildi.

Ikkala klub 2022/23 mavsumni yangi arenada boshlashni reja qilmoqda. Yangi stadion "San-Siro" oldida quriladi.

"San-Siro" arenasi 1926 yilda ochilgan. 1979 yilda stadion nomi "Juzeppe Meacca"ga o'zgartirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica