"Milan" "Valensiya" futbolchisini sotib oladi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023
"Valensiya" xavbeki Yunus Musa "Milan"ga o'tishi mumkin.

Ispan va italyan klublari 20 yoshli futbolchining 20 mln evro evaziga transfer qilinishiga kelishib oldi. Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. Kelasi haftada Musa yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Yakunlangan mavsumda Yunus Musa "Valensiya" tarkibida 33 o'yinda 2ta golli pas amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano