"Milan"ni boshqarish uchun asosiy davogar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024
"Milan" rahbariyati bosh murabbiy Stefano Piolini almashtirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, ayni damda uning o'rnini egallash uchun Antonio Kontening nomzodi ilgari surilmoqda. Antonio o'tgan yili "Tottenxem"dan ketganidan keyin ishsiz yuribdi.

Konte uchun A Seriya begona emas. U "Yuventus" va "Inter" bilan skudettoni qo'lga kiritgan.

Pioli 2019 yildan buyon "Milan"ni boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa A Seriya chempionligiga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica