MLS. "Inter Mayami" raqibini yirik hisobda mag'lub etdi va finalga yo'l oldi

Khoja
30 noya 2025
Tongda MLS pley-off bahslarining yarim final uchrashuvlariga start berildi.

"Inter Mayami" ushbu bosqichda "Nyu-York Siti"ni mehmon qildi. Uchrashuv mezbonlarning 5:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda mezbonlar vakili Tadeo Allende xet-trik qayd etdi. Shuningdek, yarim final uchrashuvida Mateo Silvetti, Telasko Segoviya va Jastin Hal gol urishdi.



KhojaMuallif
Manba: championat.asia