MLS. JCHdan qaytgan "Inter Mayami" raqibini yirik hisobda mag'lub etdi. Messidan 2+1

Khoja
6 iyul 2025
"Inter Mayami" klublar o'rtasidagi JCH musobaqasidan so'ng MLS uchrashuvida maydonga tushdi.

Messi jamoasi "Monreal" mehmoni bo'ldi va yirik 4:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvda argentinalik forvard 2 ta gol urdi va yana bitta golga assistlik qildi. Shuningdek, mehmonlar safida Tadeo Allende va Telasko Segoviya gol urishdi.

 Mezbonlarning yagona goliga Princ Ovusu mualliflik qilgan.



KhojaMuallif
Manba: championat.com