Modrich – Xorvatiya terma jamoasi rekordchisi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2021
Xorvatiya milliy termasi xavbeki Luka Modrich Dario Srnani ortda qoldirib, rekord o'rnatdi.

Xorvatiya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining yozishicha, Kiprga qarshi o'yinda maydonga tushgan Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi o'zining 135-o'yinini o'tkazdi, bu esa rekord ko'rsatkich sanaladi.

Avvalroq ushbu rekord 134 o'yin o'tkazgan Dario Srnaga tegishli edi.

Modrich milliy jamoada 2006 yilda debyut qilgan. U 135 ta o'yinda 16 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: hns-cff.hr