Morata: "Agar pul haqida o'ylaganimda "Real"da qolgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017
"Real" sobiq hujumchisi Alvaro Morata "Chelsi"ga pul uchun o'tmaganini aytdi.

"Men o'ynashni istadim. Agar yaxshilab shug'ullansangiz, har qanday ligada sizda o'yin amaliyoti bo'ladi. Agar shahar yoki pul izlaganimda, "Real"da qolgan bo'lardim" - deydi Morata.

Joriy mavsum Alvaro Morata APLning 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urib, 4ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS