Mourinyo va Anchelotti jamoalari ilk marotaba durang o'ynadi

Aziz Tukhtamuradov
17 apr 2021
"Tottenxem" va "Everton" APL 32-turi doirasidagi o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Shu tariqa, murabbiylar Joze Mourinyo va Karlo Anchelotti o'rtasidagi qarama-qarshilikda ilk marotaba durang qayd etildi. 

Bungacha murabbiylar boshchiligidagi jamoalar 8 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan va unda 4 tadan g'alaba qayd etilgandi. 

Ushbu o'yinlarda Anchelotti "Milan", "Chelsi" va "Everton" murabbiyi sifatida ishlagan bo'lsa, Joze "Portu", "Inter" va "Tottenxem" ustozi sifatida futbolchilarni maydonga olib tushgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta