Mo'ydin Mamazulumov “Navbahor” bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016
“Lokomotiv” bilan xayrlashib “Navbahor” yig'iniga qo'shilgan hujumchi kuni-kecha “lochinlar” bilan kelishuvga erishdi.

Mamazulumovning xabar berishicha, “Navbahor” u bilan rasman shartnoma imzolagan. Aytish kerakki, Mo'ydin uchun ushbu klub begona emas. Sababi o'tgan yili birinchi davrada  32 yoshli hujumchi namanganliklar sharafini himoya qilib, keyinchalik “temiryo'lchilar” safiga borib qo'shilgandi. Joriy mavsumni ham futbolchi “Navbahor”da boshlashga qaror qilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia