

Muhammadali O'rinboev hozirda "Brentford B" bilan birgalikda Portugaliyada yig'in o'tkazmoqda.
Qayd etish kerakki, O'rinboev kecha o'yin oldi mashg'ulotida oyog'ini cho'zib olgan va bugungi "Benfika U-23" ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi kerak bo'lgan hamyurtimiz umuman maydonga tushmasligi kutilgandi. Ammo, "Brentford B" ustozi O'rinboevni 72-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shgan va yarim himoyachi bahs so'nggiga qadar harakat qilgan.
O'yin yopiq tarzda o'tkazilgan.
"Benfika U-23" - "Brentford B" 0:1



