Musa "Galatasaroy" bilan kelishib oldi

Nigeriya terma jamoasidagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ahmad Musa faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Fanatik.com.tr xabariga ko'ra, futbolchi "Galatasaroy" bilan 1 yillik kelishuvga erishgan.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli forvardning so'nggi jamoasi Saudiya Arabistoning "An-Nasr" klubi bo'lgan edi. U SSKA va "Lester Siti" tarkibida ham to'p tepgan.


Manba: Fanatik.com.tr