

O'z vaqtida Sanderlendda o'ynagan 26 yoshli fransiyalik futbolchiga Kristal Pelas va Xall klublari qiziqib qolishgan.
Bir oy oldin Mvila Rubin bilan 2020 yilga qadar shartnomani uzaytirdi. Shartnomada Angliya klublari uning uchun 13 million evro to'lab sotib olishlari mumkinligi haqida band bor.
Bu mavsum Rossiya chempionatining 9ta o'yinida yarim himoyachi 1ta golli pas berdi.




