"MYU" futbolchilari finalga chiqqanidan baxtiyorlar

Nadirkhuja Yuldashev
24 apr 2016
"Everton" ustidan g'alaba qozonib, Angliya Kubogi finaliga yo'l olgan manchesterliklar miks zonada OAV vakillari bilan uchrashdilar.

"O'yin juda qiyin kechdi. "Everton" ko'p "savol" berdi. Lekin biz g'alaba qozondik. Final jamoamiz uchun o'ta muhim edi. Shuning uchun muxlislarimiz uchun xursandman", - deydi Maruan Fellaini.

Bir qator vaziyatlarda jamoasining joniga oro kirgan David De Xea quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

- Penalti o'yindagi burilish edi. "Everton" juda yaxshi harakat qildi va o'yin oxirida gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Lekin ular emas, so'nggi daqiqada Marsyal gol urib jamoamizni finalga olib chiqdi. Biz bu bilan cheklanib qolmasdan, YCHL yo'llanmasi uchun kurashishimiz kerak.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: ББС