MYU Jivkovichni kuzatmoqda

Narzulla Saydullayev
17 sen 2017
Benfika klubi a'zosi Andriya Jivkovich Manchester Yunayted qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Ingliz klubi skautlari 21 yoshli Serbiya terma jamoasi a'zosini SSKA bilan bahsda kuzatishdi. O'sha uchrashuvda futbolchi golli pas berdi.

Oldinroq MYU qishda uni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.

Bir yil oldin Jivkovich Partizandan Benfikaga erkin agent sifatida kelgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: O Jogo