Myunxendagi turnirda "Uzbek United" g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2017
Bugun Germaniyaning Myunxen shahrida turli xil millatlardan tashkil topgan 18ta jamoa ishtirokida 6x6 formatda “FK Myunxen Kickers 06" jamoasining ananaviy hisob bo'yicha 11-futbol turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirda Myunxen shahrida talim olayotgan va kasbiy faoliyat yuritayotgan o'zbeklar ham 2ta jamoa bilan ishtirok etishdi.

Turnir reglamentiga ko'ra jamoalar 2 guruhga bo'lingan holda o'zaro maydonda to'p tepishdi. "A" guruhida "Uzbek United" jamoasi raqiblarni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratib 1-o'rinda yarim finalga yo'l oldi. Yarim finalda esa ushbu jamoa "B" guruhidan 2-o'rinni olgan nemislardan tashkil topgan “FK Myunxen” jamoasini 3:1 hisobida engib finalga yo'l oldi. Finalda ruminiyaliklardan tashkil topgan, turnirning bir necha bor g'olibligini qo'lga kiritgan "FC Angry Birds" jamoasi bilan jangovor 0:0 hisobida durang qayt etildi va natijada g'olib aniqlash penaltilar seriyasiga qoldi. Futbol lotoreyasida "Uzbek United" jamoasiga omad kulib boqdi va 2:0 hisobida engib chempionlikka erishdi. Turnir davomida "Uzbek United" hujumchisi Abror Shonazarov 12ta goli bilan eng yaxshi to'purar nominaciyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi

Abdurashid Nasirdinov
Myunxen, Germaniya.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia