

"Manchester Siti" APLning oxirgi 6 mavsumidan 5 tasida chempion bo'ldi. Shu mavsumlardan birida 100 ochko jamg'ardi. Biz (La Liga)da esa "Real", "Barselona" va "Atletiko" g'olib bo'lishga muvaffaq bo'ldi. "Manchester Siti"ning hozirgi holati menga Germaniya chempionatini eslatib yuboryapti. Nahotki, odamlar shu kabi chempionatni qiziq deb hisoblasa? Jamoalari kuchli deyishga shoshilmang, shunchaki La Liga klublarining evrokuboklardagi ishtirokiga nazar soling. Joriy mavsum ham YCHLda La Ligadan 3 nafar klub chorak finalgacha yetib bordi".



