"Napoli" yangi mavsum uchun liboslarini taqdim qildi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023
"Napoli" matbuot xizmati jamoaning yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini taqdim qildi.

Unga ko'ra, liboslar odatdagidek havorang hamda oq ranglarda ishlangan. Liboslar klub egasi Aurelio De Laurentisning qizi Valentina De Laurentis EA7 bilan hamkorlikda dizaynlashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" A Seriyaning amaldagi chempioni sifatida yangi mavsumni boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/sscnapoli