"Napoli"ning ayni vaqtdagi asosiy maqsadi e'lon qilindi

"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Napoli" klubining asosiy maqsadi bo'lib turibdi.

Neapolliklar ustozi Karlo Anchelotti shaxsan uning xizmatlariga qiziqish bildirgan. Eslatib o'tamiz, Xames va Karlo Anchelotti "Real", "Bavariya" jamoalarida birga ishlashgan.

Kolkmbiyalik yarim himoyachi so'ng ikki mavsumni myunxenliklar safida o'tkazdi. U barcha musobqalar bilan qo'shib hisoblaganda 67 o'yinda 25 ta gol va 20 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


Manba: corrieredellosport.it