Narzulla Saydullaev: "Metallurg" va "Andijon" bugun qora ananani buzishlari mumkin"

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan o'yinlardan oldin saytimiz xodimlari o'z fikrlarini bildirishdi.
"Metallurg" - "Navbahor". O'yinda Rustam Mirsodiqov shogirdlarining irodali g'alabasini kutayapman. Bekobod klubi o'z maydonida mavsumdagi ilk g'alabani qo'lga kiritishini taxmin qilaman.

"So'g'diyona" - "Buxoro". Ushbu uchrashuvga taxmin qilish juda og'ir. "So'g'diyona" hozir og'ir ahvolda, "Buxoro"ning kayfiyati yaxshi. Balki bahsda g'olib aniqlanmas. Menimcha Fayziev - Gess to'qnashuvi durang bilan tugaydi.

"Andijon" - "Dinamo". "Burgutlar" 5-turga kelib mavsumdagi birinchi gollarini urishlarini kutayapman. Lekin bu "Andijon" g'olib bo'ladi degani emas. "Dinamo" vodiydan 3 ochko bilan qaytishi mumkin.

"Qizilqum" - "Mashal". Bahsda mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholayapman. Yuriy Lukin shogirdlari g'alaba qozonishlari mumkin. Uchrashuvda ko'p gol bo'lmasa kerak.

"Paxtakor" - "Olmaliq". Istalgan natija qayd etilishi mumkin bo'lgan o'yin. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yin. Taxmin qilish juda qiyin. 2013 yil Igor Shkvirin shogirdlari har ikkala bahsda "sherlar"ni taslim qilishgan. Lekin "Olmaliq" o'tgan yilgi natijasini takrorlay olmasa kerak. Yoki durang, yoki "Paxtakor" g'olib bo'lishi mumkin.

Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: