"Nasaf" - "Li Man": Eng qimmat futbolchilarni bilasizmi?

Ertaga Qarshidagi "Markaziy" o'yingoh "Nasaf" va "Li Man" klublari o'rtasidagi to'qnashuvga mezbonlik qiladi.

OFK kubogi yarim finali Toshkent vaqti bilan 18:00'da start oladi.

Transfermarkt portali Gongkong klubining to'liq tarkibini 3,78 mln evroga baholamoqda (Ma'lumot uchun, "Nasaf"ga o'tgan bosqichda raqiblik qilgan "Mohun Bagan" 4,9 mln evro edi). "Ajdarlar"ning umumiy qiymati esa 7 mln evrodan qimmatroq.

"Li Man" safidagi eng qimmat futbolchi braziliyalik Jivanilton Martins Ferreira (yoki Jil) hisoblanadi. Uning ayni paytdagi transfer qiymati 400 ming evroga barobar.

“Nasaf”ning bo'lajak raqibi “Li Man” haqida nimalarni bilish muhim?

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari orasida esa Abduvohid Ne'matov hamda Umar Eshmurodovning transfer qiymati barchadan baland hisoblanadi (600 ming evro). Biroq, 20 yoshli darvozabon jarohati tufayli safdan chiqqanini inobatga olsak, ko'p ehtimol bilan ertangi o'yindagi eng qimmat futbolchi "Nasaf" sardori bo'ladi. 

“Nasaf” raqibi “Li Man” safidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz?


Manba: championat.asia