"Nasaf" sobiq futbolchisi O'zbekistonga qaytmoqda

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024
"Nasaf" sobiq futbolchisi Suhrob Nurulloev qishki transfer oynasi vaqtida O'zbekistonga qaytishga yaqin.

Unga ayni paytda ikkita klub qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Suhrob Nurulloev 2024 yilning boshida "Nasaf"dan Malayziyaning "Kedah Darul Aman" klubiga ko'chib o'tgan edi. U joriy mavsum Malayziya chempionatining 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla