"Nasaf" Umar Eshmurodov bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022
"Nasaf" futbol klubi jamoa sardori bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Qarshi klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Umar Eshmurodov jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.



Umar Eshmurodov 2017 yildan buyon "ajdarlar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi "Nasaf" bilan ikki marta kumush medal, bir marta Superliganing bronza medali va ikki bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати