“Nasonal“ prezidenti Suares qachon klubni tark etishini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
20 sen 2022
Urugvayning “Nasonal“ klubi rahbari Xose Fuentes jamoa hujumchisi Luis Suares dekabrda kyetishini tasdiqladi.

Shartnoma bo'yicha kelishuv shunday tuzilgan.

“Biz shunday kelishib olgandik. U bu erga kelish uchun juda ko'p harakat qildi. Suares ketadi va u menga shunday dedi”, deya aytgan Fuentes Urugvay OAVga.

35 yoshli forvard “Groningen”, “Barselona”. “Liverpul”, “Ayaks” hamda “Atletiko” sharafini himoya qilgan. U yozda erkin agent sifatida sobiq jamoasiga qaytib, hozirgacha 10 ta uchrashuvda maydonga chiqdi va 4 ta golni o'z hisobiga yozdirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru