"Navbahor" bilan o'yindan keyin Ulug'bek Baqoev nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
24 okt 2020
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun ikkita teng kuchli jamoalar o'zaro o'ynashdi. Birinchi taymda bir nechta vaziyatlar yaratdik, raqib posboni yaxshi harakat qildi. Ikkinchi taymda biroz pala-partish o'yin kechdi. Ikkala tomonga ham hujumlar bo'ldi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- O'yin davomida hakamlarga ko'p etiroz bildirdingiz. Uchrashuvda bahsli vaziyat ham bo'ldi. Bugungi hakamlikka qanday baho berasiz?

- O'sha vaziyatda biz o'zgarishni amalga oshirishga tayyor edik. Biroq Nasimovning tushishi 5 daqiqaga cho'zilib ketdi. Tushunishimcha elektron tablo ishlamay qolgandi. Qahramonovning vaziyatida esa u qadar keskin narsa bo'ldi deb o'ylamayman.

- Milan Mitrovich so'nggi o'yinlarda ko'rinmay qoldi...

- U koronavirus yuqtirib olgandi. Kasallikdan tuzaldi va keyingi bahsga tayyor bo'ladi.

- Eshitishimizga qaraganda Mitrovich Serbiyaga uchib ketgan ekan.

- Ha, u Serbiyaga uchib ketgandi. O'sha yerda kasallik aniqlandi va davolanib yurtimizga qaytib keldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia