

"Bugungi mashg'ulot Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo'l ostida “Markaziy” stadionining zaxira maydonida bo'lib o'tdi.
Unda asosiy tarkibning 4-5 nafar futbolchilari bilan birgalikda “Navbahor”ning U-21 yoshlar va U-19 jamoalari o'yinchilari ishtirok etishdi.
Asosiy tarkibning qolgan vakillari mashg'ulotlarga keyinroq qo'shilishadi.
Jamoamiz a'zolari yangi mavsumga tayyorgarlikni Namanganda 29 dekabrgacha olib borishadi. Keyin Yangi yil bayrami munosabati jamoa a'zolariga qisqa muddatli tatil beriladi", - deb yoziladi klub bayonotida.






