Neymar: “Marseloga klasikoda “Barselona” g'alaba qozonishini aytdim”

Tolibjon Qosimov
24 okt 2013
“Barselona” klubi hujumchisi Neymar, Ispaniya chempionati doirasida “Real”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan nimalar kutayotganligini aytib o'tdi.

“Klasiko – har bir futbolchi uchun eng muhim o'yin sanaladi va har bir o'yinchi bu bahsda o'zini nimalarga qodirligini ko'rsatishga harakat qiladi.

Bu men uchun “Real”ga qarshi birinchi derbi bo'ldi. Men ajoyib o'yin ko'rsata olaman va jamoamiz ushbu o'yinda g'alabaga erishadi deb umid qilaman.

Marselo bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U futbolchilar orasida eng yaxshi do'stlarimdan biri, biroq men unga klasikoda “Barselona” g'alaba qozonishini aytdim”, - deya ta'kidladi braziliyalik futbolchi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru