No'mon Hasanov jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2022
Tajribali mutaxassis No'mon Hasanov ayni vaqtda Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi "Istaravshan"ni boshqarmoqda.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, jamoa 25 iyul kuni Chirchiqda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi va ikkita nazorat bahsida maydonga tushadi.

Jumladan, 27 iyul kuni Samarqandning "Dinamo" klubi, 30 iyul kuni esa Pro liga ishtirokchisi "Yangier-Quruvchi" bilan kuch sinashadi.

Esaltib o'tamiz, mazkur jamoa 22 iyul kuni "Zomin" bilan o'ynab, 1:1 hisobida durang qayd etgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia