Nyang Senegal terma jamoasi chaqiruvini rad etdi

Tolibjon Qosimov
6 avg 2013
“Milan” klubi hujumchisi M′Baye Nyang, 14 avgust kuni Zambiya bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida Senegal terma jamoasida o'ynashni istamadi, deb xabar beradi L`Eqiupe.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi Fransiya yoshlari terma jamoasida o'ynasada, afrika terma jamoasidan chaqiruv olgan edi. Tartibni buzganligi uchun futbolchi, shu yilning 31 dekabrgacha Fransiya futboli assotsiatsiyasi tomonidan o'yinlardan chetlashtirilgan.

Nyang Senegal terma jamoasida o'ynashga rad javobini bergan va barcha e'tiborini “Milan” klubiga qaratishini aytgan


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru